Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Yunon-rum kurashi” guruhi tinglovchisi Zaylobiddinov Bobur Boxodirjon o‘g‘li tomonidan “Yunon-rum kurashi” guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida B.Zaylobiddinov Yunon-rum kurashi texnikasi, qoidalari, usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdi.
Mahorat darsida B.Zaylobiddinov shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.


