Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Yunon-rum kurashi” guruhi tinglovchisi Farg‘ona viloyati Quva tumani sport maktabi Turon yakka kurashi treneri Olimova Sayida Esonboyevna tomonidan “Yunon-rum kurashi” guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida S.Olimova Turon yakka kurashi texnikasi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdi. 
Mahorat darsida S.Olimova shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.