Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Sport gimnastikasi” guruhi tinglovchisi Isaqov Zuxriddin Zafarjonovich tomonidan “Sport gimnastikasi” guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida Z.Isaqov Sport gimnastikasi texnikasi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdi. 
Mahorat darsida Z.Isaqov shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.