Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Yengil atletika” guruhi tinglovchisi Abduraxmonov Dilshod Soliyevich tomonidan “Yengil atletika” guruhi tinglovchilari ishtirokida “Yugurib kelib uzunlikka sakrashda yugurish, depsinish, uchish, qo‘nish fazalari texnikasi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida D.Abdurahmonov yugurib kelib uzunlikka sakrashdagi turli fazalar texnikasi, turgan joydan uzunlikka sakrash, nafasni rostlovchi mashqlar, yuqori startdan chiqish texnikasi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdi.
Mahorat darsida D.Abdurahmonov shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.



