Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchisi ishtirokida davra suhbati hamda mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Badminton” guruhi tinglovchisi Dalimov Tursunboy Amirovich tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida T.Dalimov Badminton texnikasi, qoidalari, usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdi.
Mahorat darsida T.Dalimov shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.


