Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchilari va uyushmagan yoshlar ishtirokida Stol tennisi bo‘yicha filial birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi  “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va  ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek yurtimizda  jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish  va yanada rivojlantirish maqsadida sportning Stol tennisi turidan filial malaka oshirish kursi tinglovchilari va uyushmagan yoshlar o‘rtasida Filial birinchiligi musobaqasi tashkil etildi. 
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari I,II,III o'rinlar bo'yicha diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.