Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari uchun Namangan viloyatida amaliy darslar davom etmoqda.
Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilar tayyorlash markazida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun darslar 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil etilmoqda.

