Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari uchun Namangan viloyatida amaliy dars tashkil qilindi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 26-sentabr kuni Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o‘qituvchisi A.Jaxbarov tomonidan Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Darsdan tashqari jismoniy tarbiya va ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.


