Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari uchun Farg‘ona viloyatida amaliy dars tashkil qilindi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 25-noyabr kuni Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi katta o’qituvchisi R.Kuzibayev tomonidan Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining suv sport saroyida Jismoniy tarbiya yo'riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Boshlang'ich suzish mashg’ulotlarini o’tkazish uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.
