Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchilari uchun Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida amaliy dars tashkil etildi

Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 22-noyabr kuni Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o‘qituvchisi A.Jaxbarov tomonidan Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Boshlang‘ich gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil etildi.