Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchilari uchun Andijon viloyatida amaliy dars tashkil qilindi.

Joriy yilning 24-iyun kuni Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o'qituvchisi K.Mirzaboyev tomonidan Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Jismoniy tarbiya yo'riqchilari" malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Harakatli o‘yinlarni o‘qitish uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.