Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari uchun Andijon viloyatida amaliy dars tashkil qilindi.
Joriy yilning 25-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o'qituvchisi M.Maxamadjonov tomonidan Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Sport o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati” moduli 3+1 tizimi orqali amaliy tarzda tashkil qilindi.


