Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari uchun amaliy dars tashkil qilindi.
Joriy yilning 29-yanvar kuni Institutning Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari” malaka oshirish kursi "3-guruh" tinglovchilari uchun filial "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi dotsenti A.Jaxbarov tomonidan Farg‘ona shahridagi 13-sonli umumta'lim maktabida pedagogik mahoratni oshirish doirasida amaliy dars tashkil etildi.
Mazkur amaliy dars jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining sport-pedagogik mahoratini oshirish, dars jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.
/photo_2026-02-02_09-25-28.jpg)
/photo_2026-02-02_09-25-38.jpg)
/photo_2026-02-02_09-25-47.jpg)