Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchilari uchun amaliy dars tashkil qilindi.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Institutning Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari”  malaka oshirish kursi "1-guruh" tinglovchilari uchun filial "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o'qituvchisi K.Mirzabayev tomonidan Farg‘ona shahridagi 5-sonli umumta'lim maktabida pedagogik mahoratni oshirish doirasida amaliy dars tashkil etildi.
Mazkur amaliy dars jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining sport-pedagogik mahoratini oshirish, dars jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash hamda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.