Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali tinglovchilari o'rtasida tashkillangan sport musobaqalari g'olib va sovrindorlari taqdirlandi
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida yanvar oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida tashkillangan Tosh ko'tarish, Darts, quvnoq startlar hamda gimnastika yakkaxodasi (turnik)da bo’lib o’tgan bellashuvlar bo’yicha filial birinchiligi musobaqalari yakunladi. 
Ushbu sport musobaqalari ko'tarinki ruhda va qizg'in bahs, munozaralarga boy tarzda o'tdi. Musobaqa g’olib va sovrindorlari I,II,III darajali diplomlar bilan taqdirlandi.