Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali tinglovchilari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turidan musobaqa tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabridagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni hamda 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tinglovchilari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turidan musobaqa tashkil etildi.