Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 16-may kuni Institutning Farg‘ona filiali may oyi tinglovchilari o'rtasida tosh ko'tarish, arqon tortish, darts, basketbol savatiga to’p tashlash hamda gimnastika yakkaxodasi (turnik)da bellashuvlar bo’yicha filial birinchiligi musobaqalari o’tkazildi.
Ushbu sport musobaqalari ko'tarinki ruhda va qizg'in bahs, munozaralarga boy tarzda o'tdi. Musobaqa g’olib va sovrindorlari I,II,III darajali diplomlar hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.



