Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 24-noyabr kuni Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyati teatr va konsert saroyi Workout maydonida Tosh ko'tarish, Darts hamda gimnastika yakkaxodasi (turnik)da bellashuvlar bo’yicha filial birinchiligi musobaqalari o’tkazildi.
Ushbu sport musobaqalarida noyabr oyi jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari va jismoniy tarbiya instruktorlari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi. Ushbu sport musobaqalari ko'tarinki ruhda va qizg'in bahs, munozaralarga boy tarzda o'tdi.


