Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchilari ishtirokida psixologik trening tashkillandi.
Joriy yilning 13-may kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar trening boʻlib oʻtdi. 
Psixologik treningni Fargʻona davlat universiteti psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, psixologiya f.b.f.d., (PhD)  M.B.Yuldasheva olib bordi. Seminar treningda “Stress bilan kurashishga oʻrganishimiz kerakmi” testidan, “Oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatni aniqlash” , "Oʻz  oʻrningni top","Dembo-Rubinshteynning oʻz-oʻziga baho berish" metodikalardan foydalanildi.