Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Farg’ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri dotsent Nazirov Qudrat Yuldashevich hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring bo‘limi boshlig‘i Xamraliyeva Malika Abdukarimovna rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Og‘ir atletika” guruhi tinglovchilari Maxmudov Rustamjon Mamadiminovich hamda Turg‘unov Aybek Ashurovich tomonidan “Og‘ir atletikada siltab ko‘tarish mahoratini takomillashtirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.


