Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan muzeyga sayohat uyushtirdi.
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti A.Jaxbarov boshchiligida malaka oshirish kursi tinglovchilari Farg‘ona davlat universiteti muzeyi hamda ushbu universitet qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirdi.
Ushbu sayohat tinglovchilarda tarixiy xotira, ijtimoiy tafakkur hamda ma’naviy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishga xizmat qildi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxs kamoloti, vatanparvarlik, tarixiy ong va ma’naviy immunitetni rivojlantirish nuqtayi nazaridan mazkur sayohat muhim ilmiy-pedagogik ahamiyat kasb etdi.
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-06-06.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-06-03.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-05-58.jpg)