Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchilari Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan muzeyga sayohat uyushtirdi
 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati”  kafedrasi o’qituvchisi A.Jaxbarov  boshchiligida Iyun oyi “Karate” guruhi tinglovchilari Farg‘ona davlat universiteti muzeyi hamda ushbu universitet qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirdi. 
Muzey ma’murlari Farg‘ona vodiysida ilk tashkil etilgan ta’lim muassasalari va ularni tashkil etgan yurt qahramonlari va ularning ilmiy faoliyati va  hayot kechinmalari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.