Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan muzeyga sayohat uyushtirdi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti O.Qambarov boshchiligida may oyi “Boks” guruhi tinglovchilari Farg‘ona davlat universiteti muzeyi hamda ushbu universitet qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirdi.
Muzey ma’murlari Farg‘ona vodiysida ilk tashkil etilgan ta’lim muassasalari va ularni tashkil etgan yurt qahramonlari va ularning ilmiy hayot kechinmalari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

