Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchilari Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan muzeyga sayohat uyushtirdi
 Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-apreldagi 135-sonli qarorining 5z-ilova 11-bandida, 5e-ilova 8-bandida, 5v-ilova 13-bandida, “Moziyga sayohat” dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati”  kafedrasi p.f.b.f.f.d. (PhD) v.b. dotsenti D.Norkulov boshchiligida sentabr oyi “Boks” guruhi tinglovchilari Farg‘ona davlat universiteti muzeyi hamda ushbu universitet qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirdi. 
Muzey ma’murlari Farg‘ona vodiysida ilk tashkil etilgan ta’lim muassasalari va ularni tashkil etgan yurt qahramonlari va ularning ilmiy hayot kechinmalari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.