Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari Axsikent arxeologiya parkiga sayohat uyushtirdi.
Institutning Farg‘ona filiali tomonidan tinglovchilarning tarixiy-madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Axsikent arxeologiya parkiga sayohat tashkillandi. Mazkur sayohat filial “Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring” bo‘limi boshlig‘i X. Madaminov boshchiligida malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida o‘tkazildi.
Sayohat davomida tinglovchilar qadimiy tarix va boy madaniy merosni o‘zida mujassam etgan “Axsikent arxeologiya parki” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Axsikent qadimda Farg‘ona vodiysining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ushbu maskan o‘zining noyob tarixiy yodgorliklari, arxeologik topilmalari va boy o‘tmishi bilan tashrif buyuruvchilarda katta taassurot uyg‘otadi.


.jpg)