Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilari amaliy seminar tashkil etildi.
Institutning Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q. Mamajonov tomonidan “Gimnastika sport turlari” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Sun’iy intellekt texnologiyalarining sportdagi qo‘llanilishi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi sport sohasida zamonaviy innovatsion yondashuvlarni targ‘ib qilish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliy faoliyatga tatbiq etish bo‘yicha tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Amaliy seminarda quyidagi mavzular atroflicha muhokama qilindi:
• Sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari;
• Sportda sun’iy intellektdan foydalanish;
• Sportchi imkoniyatlarini AI orqali tahlil qilish

.jpg)
