Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilar turar joyida navbatdagi xorijiy til savodxonligi darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tinglovchilar turar joyida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R.O‘rinov tomonidan tinglovchilar bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkillash shuningdek, sport sohasiga oid xorijiy so'z boyliklarini yanada oshirish hamda mustahkamlash maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va turli interfaol metodlar vositasida ingliz tili savodxonligi tashkil etildi. Qatnashchilar savodxonlik darsi davomida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


