Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchilar turar joyida interfaol metodlarga asoslangan muloqot tashkil etildi.
Joriy yilning 20-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tinglovchilar turar joyida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi Q.M. Mamajonov tomonidan tinglovchilarga kasbiy faoliyatda foydalaniladigan dasturlarga oid mantiqiy hamda jumboqli savollarga asoslangan muloqot tashkil etildi.
Qatnashchilar hozirgi vaqtda ommalashib borayotgan dasturiy vositalarni keng imkoniyatlari haqida yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.


