Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tinglovchilar turar joyida interfaol metodlarga asoslangan muloqot tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tinglovchilar turar joyida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti PhD U.A.Azimov tomonidan tinglovchilarga jamiyatda  ijtimoiy munosabatlarni shakllanishiga doir interfaol metodlarga asoslangan muloqot tashkil etildi.
Qatnashchilar jamiyatda oilaning tutgan o‘rni, ijtimoiy munosabatlar, sog‘lom turmush tarzi haqidagi o’z qarashlarini suratlar asosida tasvirlashga va uni qolgan ishtirokchilarga izohlashga harakat qilishdi. Ushbu muloqot qizg‘in bahs-munozara shaklida bo‘lib o‘tdi.