Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filiali tinglovchilar turar joyida davra suhbati tashkillandi.

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida tinglovchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Shu doirada, filialning tinglovchilar turar joyida yashayotgan tinglovchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, shuningdek, turar joy tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash maqsadida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda filialning direktor o‘rinbosari O. Qambarov ishtirok etib, tinglovchilarga filialda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda ichki tartib-qoidalar haqida batafsil ma’lumot berdi. U, ayniqsa, tinglovchilar uchun yaratilgan sport inshootlari, kutubxona va o‘quv auditoriyalaridan samarali foydalanish va intizomga qat’iy amal qilish muhimligini ta’kidladi.