Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasining ichki anjumani boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 11-12-oktabr kunlari institutda oʻtkaziladigan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani doirasida filial “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasining ichki anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Farg‘ona davlat universiteti professori B.A.Usmonov, “Sport psixologiyasi, ijtimoiy –tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.E.Yuldasheva, kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.


