Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy –tabiiy fanlar” kafedrasida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanga tayyorgarlik jarayonlari

Joriy yilning 24-may kuni Farg’ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy –tabiiy fanlar” kafedrasida Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining U-39 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda 2023-yil 23-24-iyun kunlari Samarqand filialida o’tkazilishi belgilangan “Globallashuv jarayonida jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanga yuqori saviyada tayyorgarlik ko’rish shuningdek, ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida ish olib borayotgan kafedra professor-o‘qituvchilari bilan Farg‘ona davlat universiteti professori, p.f.d Xankeldiyev Sher Xakimovich ishtirokida davra suhbati tashki etildi.