Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi U.Azimov PhD ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi

Joriy yilning 10-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi,  ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Azimov Ulug‘bek Abduxalilovichning “Yoshlarning demokratik islohotlarga aksiologik munosabatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillari” mavzusidagi 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasining himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoya natijalariga ko‘ra, U.Azimovga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga qaror qilindi. U.Azimovni ushbu natija bilan filial jamoasi muborakbod etadi va kelgusi ilmiy faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilab qoladi!