Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi hamda Farg‘ona davlat universiteti hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 28-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi va Farg‘ona davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalarni bajarilishi yuzasidan Farg‘ona davlat universitetida uchrashuv tashkil etildi.
Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Nargiza Egamberdiyevna filialda olib boriladigan dars mashg‘ulotlariga Farg‘ona davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining jalb etilishi, o‘quv uslubiy ishlar va modullardan o‘quv uslubiy majmualarning takomillashtirilishi haqida gapirib o‘tdi.
Suhbat yakunida kafedralar o‘rtasida istiqboldagi hamkorlik rejalari kelishib olindi.


