Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar kafedrasi” dotsenti A.Tishabayevning ilmiy-uslubiy seminari bo‘lib oʻtdi.
Joriy yilning 28-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar kafedrasi” qoshida tashkil etilgan  ilmiy-uslubiy seminarda Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Tishabayev Alisher Maxamatdjanovichning 07.00.01-O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi (1991-2019-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muxokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-uslubiy seminar soʼnggida A.Tishabayevning dissertatsiyasi yuzasidan fikr, mulohaza va takliflar tinglandi hamda 100% natija bilan keyingi bosqichga oʼtdi. Tishabayev Alisher Maxamatdjanovichni  filial jamoasi nomidan tabriklaymiz!