Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali rahbariyati va professor-o’qituvchilari tomonidan Andijon viloyatida seminar tashkil qilindi.
Joriy yilning 25-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali direktori A.Tishabayev rahbarligida Andijon viloyatida Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida sentabr oyi jismoniy tarbiya yo’riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida seminar tashkil qilindi. 
Seminardan so‘ng jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining mashg‘ulotlari (4-haftasi) amaliy tarzda (oflayn) sport bazalarida  boshlandi.