Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali rahbariyati, professor-o’qituvchilari va ishchi hodimlarini koronavirusdan emlash ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekistonda vaksinatsiyalash ishlarini tashkil etish va vaksinatsiyalash bo‘yicha bir qancha amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, joriy yilning 4-may kuni Farg’ona filiali rahbariyati, professor-o’qituvchilari va ishchi hodimlarini koronavirusdan emlash ishlari amalga oshirildi. Emlashdan oldin hodimlar salomatligi o’rganilib, tahlil qilingandan so’ng Yangi koronavirus rekombinant (CHO hujayrasi) ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi  bilan 1-dozasi emlandi. Emlash jarayonlari Farg’ona shahar 3-oilaviy poliklinikasi shifokorlari tomonidan amalga oshirildi.