Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali professori ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Institutning 2022-yil 4-oktabr kuni o‘tkazilgan 8-sonli Ilmiy kengash yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha yеtakchi mutaxassislar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari, online mashg‘ulotlar tashkillash va bu orqali sohadagi eng so‘nggi yangilik va texnologiyalardan habardor bo‘lib borish maqsadida joriy yilning 22-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va xodimlari hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali professori D.A.Xalilov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. D.A.Xalilov yig‘ilganlarga sohaga oid axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari haqida so‘z yuritdi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.




