Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filiali professor-o‘qituvchilariga malaka sertifikatlari topshirildi
Joriy yilning 12-may kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida pedagog kadrlarni malakasini muntazam ravishda oshirib borish uchun qisqa muddatli va maqsadga yo‘naltirilgan kurslarni tashkil etish maqsadida Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Pyotr Fransevich Lesgaft” nomidagi Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish milliy davlat universitetida onlayn malaka oshirishgan professor-o‘qituvchilarga malaka sertifikatlari topshirildi.


