Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi.
✅Kitob bu zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. Kitob insonning tafakkurini charhlovchi noyob quroldir. 
✅Kitoblar bilan yaqindan tanishgani sayin inson ko‘p narsalarga o‘zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Shu maqsadda, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida  joriy yilning 27-yanvar kuni filial Axborot-resurs markazi bo'limi boshlig'i G.Matkarimova tomonidan filial professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari   yangi xarid qilingan badiiy adabiyotlar  bilan tanishtirildi hamda yangi adabiyotlar haqida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tildi.