Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali professor-o’qituvchilari va xodimlari tomonidan Namangan viloyatida 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
Joriy yilning 25-sentabr kuni Farg‘ona filiali professor-o’qituvchilari va xodimlari tomonidan  Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining mashg‘ulotlari (4-haftasi) amaliy tarzda (oflayn) boshlandi.
Filial “Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring” bo‘limi boshlig’i M.Hamraliyeva hamda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi  mudiri Q.Nazirovlar tomonidan tinglovchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish joylari va tartibi haqida tushunchalar berildi.