Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan Namangan viloyatida 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.
Joriy yilning 24-sentyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida jismoniy tarbiya yo'riqchilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining mashg‘ulotlari (4-haftasi) amaliy tarzda (oflayn) boshlandi.


