Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari tashkil qilindi

Joriy yilning 22-fevral  kuni Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining mashg‘ulotlari (4-haftasi) amaliy tarzda (oflayn) boshlandi. Filial “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi  mudiri Q.Nazirov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish joylari va tartibi haqida tushunchalar berildi.