Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari o'rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari o'rtasida sportning mini-futbol turidan sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqani filial jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi futbol bo‘yicha “AFC” ning “A” diplomiga ega mutaxassis Jaxbarov A.S boshqarib bordi.


