Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirdi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 01-19/3481-sonli xati ijrosini ta’minlash hamda  Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirdi. 
Muzeyda Amir Temur davriga oid eksponatlar va tarixiy kolleksiyalar bilan tanishildi. Bugungi kunda mazkur muzey fondida turli davrlarga mansub buyumlarning boy kolleksiyasi yig‘ilgan. Umumiy hisobda muzey eksponatlarining soni 90 mingdan ortiq.