Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali professor o'qituvchilari va xodimlari Farg'ona shahrida joylashgan "Saxovat" uyiga tashrif buyurishdi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
 Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash  an’anaga aylangan. 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish maqsadida Farg'ona filiali professor o'qituvchilari va xodimlari Farg'ona shahrida joylashgan "Saxovat" uyiga tashrif buyurib, qariyalar xolidan habar olishdi va ularga esdalik sovg'alar tarqatishdi.
Nuroniy ota va onaxonlar yaxshi sharoitlar, inson qadriga eʼtibor uchun minnatdorlik bildirib, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duolar qildi.