Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Erkin Vohidov memorial muzeyida…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-24/24-170-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 21-oktyabr kuni Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov memorial muzeyiga tashrif buyurdilar.