Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirokida Farg’ona viloyatida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari tashkil etildi.
Ma’lumki, ertalabki oddiy badantarbiyadan so‘ng, inson kun mobaynida o‘zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o‘zini yaxshi his qiladi, ertalabki badan tarbiya go‘yoki tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi. Shu maqsadda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali professor-o'qituvchilari, xodimlari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyati teatr va konsert saroyi maydonida ertalabki tongi badantarbiya mashg‘ulotlari tashkillandi.




