Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyiga tashrif buyurishdi.
Farg‘ona “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyida tarbiyalanayotgan o‘zgalar mehr-muhabbati va eʼtiboriga muhtoj bolalarni Respublikamizda o‘tkazilayotgan har bayramlarda ularni tabriklab, bolalarga quvonch ulashish filial tomonidan anʼanaga aylangan.
Ana shunday anʼana “Navro’z” umumxalq bayramini munosabati bilan ham tashkil etilib, filial professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar tomonidan “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashildi.


