Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali professor o‘qituvchilari va tinglovchilari Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan muzeyga sayohat uyushtirdi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda  malaka oshirish kursi tinglovchilari Farg‘ona davlat universiteti muzeyi hamda ushbu universitet qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirdi. 
Muzey ma’murlari Farg‘ona vodiysida ilk tashkil etilgan ta’lim muassasalari va ularni tashkil etgan yurt qahramonlari va ularning ilmiy hayot kechinmalari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.